AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

IT – Axborot texnologiyalari noyob dasturi bilan ko’pgina ma’lumotlarni boshqarishda undagi kuch-qudratini anglab yeting.

O’zingizning salohiyatingizni CIU’da ochishga tayyormisiz? Hoziroq murojaat qiling.

INSIDE

Axborot texnologiyalarida BTEC Foundation – bu axborot texnologiyalarining ko’p qirrali asoslarini qamrab oladigan bir yillik kunduzgi kurs bo’lib, u IT-sohada professional o’sishga zamin yaratadi.

Eng muhimi, ushbu 3-darajali Pearson BTEC 4-darajali Pearson BTEC (International Baccalaureate) yoki O’zbekistondagi xalqaro universitetlarning 2-kursida davom ettirishning asosiy bosqichidir. Talabalar 2 semestrda 8 ta fanni o’qiydilar.

Fanlar:

  • Axborot texnologiyalari tizimlari strategiyasi, menejment va infratuzilma;
  • Veb-saytlarni ishlab chiqish;
  • Kiber xavfsizlik va uning boshqaruvi;
  • Dasturlash;
  • Axborot Texnologiyasini texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash va boshqarish;
  • Axborot Texnologiyalarida tashabbuskorlik;
  • Axborotni boshqarish tizimlarini yaratish;
  • Biznesda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish;
  • Mobil ilovalarni ishlab chiqish/

Yo’nalishga qabul qilish shartlari va talablari:

  • kurs davomiyligi – 8 oy
  • qabul fasli – kuz, qish
  • o’qitish tili – ingliz yoki o’zbek

O’quv talablari: 11 yillik maktab ta’limni tugatgan yoki unga tenglashtirilgan.

Ingliz tilida o’qishga qo’yiladigan talablar: IELTS 5.5 yoki unga tenglashtirilgan (IELTS 5.0 bo’lsa – asosiy fanlardan tashqari qo’shimcha ingliz tili darslari o’tiladi)

O’zbek tilida o’qish uchun talablar: IELTS 4.5 yoki (ichki imtihon – ingliz tilidan test topshiriladi).