MEHMONXONALAR BIZNESI

Siz uchun har qanday vaziyatni hal qilishga ijodiy fikrlash va ishonch kerakmi? BTEC Foundation – mehmonxona biznesi siz kabi bo’lajak ulkan shaxslarga mo’ljallangan.

O’zingizning salohiyatingizni CIU’da ochishga tayyormisiz? Hoziroq murojaat qiling.

BTEC Foundation Hospitality – bu bir yillik kunduzgi kurs bo’lib, u mehmondo’stlik asoslarini taqdim qiladi, bu esa mehmondo’stlik sohasida kasbiy o’sish va malakani oshirishga asos bo’lib xizmat qiladi.

Eng muhimi, ushbu Pearson BTEC 3-bosqich – 4-bosqichga o’tishning (Xalqaro bakalavriat) yoki O’zbekistondagi xalqaro universitetlarning 2-kursida davom ettirishning asosiy bosqichidir. Talabalar o’qish davomida 12 ta fandan ta’lim oladilar.

 Fanlar:

  • Mehmonxona biznesi sanoati;
  • Atrof-muhit va Mehmonxona biznesi sohasidagi barqarorlik;
  • Yetakchilik va nazorat asoslari;
  • Mehmonxona biznesi sohasidagi texnologiyalar va raqamli axborot vositalari;
  • Mehmonxona biznesida kadrlar tayyorlash;
  • Mehmonxona biznesida mijozlarga xizmat ko’rsatish;
  • Mehmonxona biznesida marketing;
  • Mehmonxonada joylashtirish bo’yicha operatsiyalar;
  • Mehmonxona nozirlari uchun ketgan xarajatlarni nazorat qilish;
  • Mehmonxona biznesi;
  • Ovqat va ichimliklar xizmatini boshqarish;
  • Mehmonxona biznesida tadbirlarni o’tkazish;

Yo’nalishga qabul qilish shartlari va talablari:

  • kurs davomiyligi – 8 oy
  • qabul fasli – kuz, qish
  • o’qitish tili – ingliz yoki o’zbek

O’quv talablari: 11 yillik maktab ta’limni tugatgan yoki unga tenglashtirilgan.

Ingliz tilida o’qishga qo’yiladigan talablar: IELTS 5.5 yoki unga tenglashtirilgan (IELTS 5.0 bo’lsa – asosiy fanlardan tashqari qo’shimcha ingliz tili darslari o’tiladi)

O’zbek tilida o’qish uchun talablar: IELTS 4.5 yoki (ichki imtihon – ingliz tilidan test topshiriladi.