CIU’da havo transporti sohasi mutaxassisi Sarvar Xoliqov bilan juda foydali mahorat darsi bo’lib o’tdi. Mehmon o’z tajribasi va hozirgi kundagi eng qiziqarli ish yo’nalishlari bo’yicha fikrlari bilan o’rtoqlashdi, shu jumladan:

  • O’qish uchun grantlar
  • Eng qiziqarli ish yo’nalishlarida ishlash
  • Qat’iyatlilik va qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin!?

Sarvar Xoliqov Lotaringiya Universiteti bitiruvchisi, Germaniyadagi Amerika Savdo-sotiq Palatasining sobiq loyihalar bo’yicha menejeri. U Xitoy, Polsha va Germaniya kompaniyalarida misli ko’rilmagan ish tajribalariga ega.

Talabalar tadbirdan juda mamnun bo’lishdi va o’zlari uchun ko’plab taasurotlar olishdi. Ular xalqaro universitetlarga qanday qilib grantlar uchun hujjatlarni muvaffaqiyatli topshirishning turli usullarini o’rgandilar va eng muhimi, ularning fikr-mulohazalariga ko’ra, master-klass ularga O’zbekistonda yoshlarning chet ellarda o’qishlari uchun cheksiz imkoniyatlar mavjud ekanligiga yana bir bor isbotladi.